O’zbekistonga qo’shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik moddalari aniqlandi
Toshkent viloyatida tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali olib kelinib, Quyichirchiq tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg. 834 gr. “gashish” moddasi Toshkent shahrida yashovchi, 2 nafar fuqaro tomonidan qabul qilib olinayotganida qo’lga tushdi.
Boshqa holatda esa “Surxondaryo-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli avtomashina O‘rtachirchiq tumani hududida to‘xtatilgan.
Natijada, Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, fuqaro boshqaruvidagi avtomashinada ,muqaddam sudlangan shaxs, yo‘lovchi sifatida ketayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu avtomashina tekshirilganida uning orqa eshiklari ichki qismiga 1 kg. “gashish” moddasi yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Xabarga ko’ra, ular Tojikistondan keltirilgan ajal og‘usini Surxondaryoda qabul qilib olishgan va uni sotib mo‘may daromad topishni rejalashtirishgan.
Navbatdagi holatda Denov hamda Sariosiyo tumanlarida yashovchi, 3 nafar fuqaro 985 gr. “gashish” moddasini “Nexia” rusumli avtomashinada Toshkent shahriga olib ketayotgan vaqtlarida Zangiota tumanida to‘xtatib, qolingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu zahri qotil ham tojikistonlik narkokur’erlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali mamlakatimizga olib kelinganligi aniqlandi.
Ohangaron tumanida Yangiyo‘l tumani hamda Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaro Qo‘qon shahriga borib, hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan narkosavdogardan 168 gr. “gashish” hamda 722 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 43 mln. so‘mga sotib olib, doimiy yashash manzillariga qaytib kelayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Ushbu giyohvandlik vositalari mamlakatimizga Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan.
Sharhlar