О‘zbekistonlik Anvar Anvarov Zagrebdagi xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi

Фото: НОК

О‘zbekistonlik yengil atletikachi Anvar Anvarov Zagrebda yengil atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan “Oltin Gran-pri” xalqaro turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.

Uzunlikka sakrash bahslarida Anvar Anvarov 7,99 metr natijani ko‘rsatdi.

E’tiborlisi, oltin medalni qo‘lga kiritgan yamaykalik Shon Tompson ham xuddi shunday natijani qayd etdi. Ammo u birinchi bo‘lib bu ko‘rsatkichni qayd etgani uchun ustunlik uning tomonida bo‘ldi.

Bronza medali xorvatiyalik sportchi Roko Farkashga nasib etdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.