O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov professional ringda 16-g‘alabasini nishonladi
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jang 1-avgust kuni Santa-Monikada (AQSh) bo‘lib o‘tdi, uning raqibi meksikalik Migel Parra edi.
G‘iyosov o‘n raundning barchasida ustunlik qildi. Hakamning qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi. Hakamlarning baholari quyidagicha: Parra foydasiga 95-94, G‘iyosov foydasiga 95-94 va 96-93.
Ayni damda Shahram G‘iyosov hisobida 16 ta g‘alaba bor, hozircha u biror marta ham mag‘lub bo‘lgani yo‘q.
Ulashish:
Sharhlar