O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi

Фото: sports.kz

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kuni O‘zbekiston terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi , deb xabar bermoqda MOQ.

Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Natijalar:

  • 63,5 kg vazn toifasida Adhamjon Muxiddinov xitoylik Jenmin Dai ustidan g‘alaba qozondi.
  • 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Javohir Ummataliev qirg‘izistonlik Doniyor Abdurahmonovga qarshi bahs olib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
  • 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Farzona Fozilova nepallik Arati Bhomjanni mag‘lub etdi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchilar qit’a chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.