О‘zbekistonlik haydovchi uchta avtomobilni hojatxona qog‘ozi sifatida chegaradan o‘tkazishga harakat qilgani aniqlandi

Фото: пресс-служба таможни Литвы

10-avgust kuni “Medininkay”  nazorat-o‘tkazish punktida Litva bojxonachilari uchta Toyota Land Cruiser  avtomobilini О‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi. Bu haqda Litva bojxona boshqarmasining matbuot xizmati xabar beradi.

О‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi MAN yuk mashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida haydovchi 720 kg tualet qog‘ozini olib ketayotganligini ma’lum qilgan. Biroq rentgen tekshiruvi yarim tirkama ichida uchta avtomobil borligini aniqlagan. Haydovchi bu topilmadan hayratda qolgan va yashirin yuk haqida bilmaganini da’vo qilgan.

Huquq-tartibot organlari Jinoyat kodeksining 199-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan, jarima yoki sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin bo‘lgan kontrabanda fakti bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi.

Haydovchiga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan, 87 ming yevrolik avtomobillar va yuk mashinasi olib qo‘yilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.