O‘zbekistonlik MMAchilar Qozog‘istondagi musobaqalarda ishtirok etishdi
Qozog‘istonning Almati shahrida Aralash jang san’atlari ya’ni MMA bo‘yicha “Octagon 55” musobaqasi o‘tkazildi va unda O‘zbekisondan ham sportchilar ishtirok etdi.
Turnir doirasida besh nafar o‘zbekistonlik MMA ustalari oktagonga ko‘tarilgan. Eng yengil vaznda Suxrobbek Otajanov mezbonlar vakili Risbek Baydullayev ustidan g‘alabaga erishgan.
“O‘ta yengil vaznda ishtirok qilgan Azizbek Temirov esa ozarbayjonlik Elmir Jafarovni mag‘lubyatga uchratgan”,- deyiladi xabarda.
Shuningdek, qolgan sportchilar Jahongir Najmiddinov, Akromjon Dosimboyev va Sardor Madaminov o‘z vazn toifalarida mag‘lub bo‘lishgan.
Ulashish:
Sharhlar