О‘zbekistonlik sportchilar triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi bosqichida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi

Bugun Malayziyaning Kota Kinabalu shahrida triatlon bo‘yicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda О‘zbekiston terma jamoasining ikki vakili oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu tasnifdagi musobaqada hamyurtimiz Jeremi Quindos eng yaxshi natijani ko‘rsatib, oliy darajadagi medalni qo‘lga kiritdi, Aleksandr Kurishov esa kumush medal bilan taqdirlandi. Kuchli uchlikni avstraliyalik Oskar Dart yakunladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.