O’zbekistonliklar ko’proq qaysi davlatlarga sayohat qilishmoqda

Foto: uza.uz

2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 4,06 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan, deb xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln nafarga yoki 37,2 % ga oshgan.

Ularning mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

Qirg‘iz Respublikasi – 1 913,6 ming nafar;

Tojikiston – 797,6 ming nafar;

Qozog‘iston – 640,2 ming nafar;

Rossiya – 194,7 ming nafar;

Turkiya – 157,7 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 111,9 ming nafar;

BAA – 81,4 ming nafar;

Misr – 27,7 ming nafar;

Quvayt – 16,7 ming nafar;

Janubiy Koreya – 14,9 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 112,1 ming nafar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.