О‘zbekistonliklar Qozog‘istonga ID-karta bo‘yicha tashrif buyurishi mumkin

Фото: Пресс служба хокимията Ташкентской области

О‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Pravda Vostoka” gazetasiga bergan intervyusida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish haqida gapirdi.

Komilovning ta’kidlashicha, О‘zbekiston tashabbusi bilan “Markaziy Osiyo beshligi” fuqarolari uchun xorijiy pasportlarni bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirda Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasi muhokama qilinmoqda, bu esa fuqarolarga chet el pasportini ko‘rsatmasdan sayohat qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq О‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani ID-kartalar orqali kesib o‘tish imkoniyati bo‘yicha kelishib olgan edi. Ushbu yangilik fuqarolarning shaxsiy va turistik maqsadlarda chegaradan o‘tish jarayonini ancha soddalashtiradi.

Bundan tashqari, kirish va chiqish to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasportga muhr bosmasdan, elektron shaklda qayd etiladi. Ushbu qoida barcha transport turlariga – samolyotlar, poezdlar, avtomobillar va avtobuslarga tegishli.

Shuningdek, О‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining Astana shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ta’lim muassasalari diplomlarini o‘zaro tan olinishini joriy etish va turizm dasturlarini “Bir sayohat – bir mintaqa” tamoyili asosida ishlab chiqishni taklif qilgandi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.