О‘zbekistonning ayrim hududlarida suv toshqini bo‘lishi mumkin

Фото: АиФ

15-iyul kuni “О‘zgidromet” 17–22 iyul kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik tufayli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel va toshqin hodisalari bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi, dam oluvchilar va haydovchilar quyidagi hududlarda ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirilgan:

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, О‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari bo‘yicha;

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari bo‘yicha;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari bo‘yicha;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari bo‘yicha;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari bo‘yicha;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari bo‘yicha;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri bo‘yicha.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.