O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollarga yetdi
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2024 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning davlat qarzi 37 milliard dollarga yetganini va yil boshidan buyon 2,1 milliard dollarga oshganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 33,2 foizini tashkil etadi, shundan 30,9 milliard dollar tashqi qarz, 6,1 milliard dollar esa ichki qarzdir.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotiga ko‘ra, ayni paytda respublikaning davlat qarzi o‘rtacha darajada”, — dedi Qo‘chqorov.
Ulashish:
Sharhlar