O‘zbekistonning Ipak Yo‘li Banki rossiyaliklar hisoblariga xizmat ko‘rsatish shartlarini kuchaytirdi

Фото: Ипак йули банк

O‘zbekistonning Ipak Yo‘li Banki rossiyalik mijozlarga xabar yuborib, bank xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ni taqdim etishni so‘ragan. Bu haqda “RBK” mijozlarga kelgan xabarga va bank ko‘mak xizmati vakiliga tayanib xabar berdi.

Ko‘mak xizmatidan ma’lum qilinishicha, JShShIRni olish haqidagi talablar O‘zbekiston Markaziy bankining 2023-yil 8-fevraldagi yo‘riqnomasiga muvofiq belgilangan. Rezident va norezident bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun deposit hisoblar, yo‘riqnomaga ko‘ra, banklar tomonidan JShShIR asosida ochilishi kerak.

Bankda aniqlik kiritishlaricha, Ipak Yo‘li Banki kartalari yordamida tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilishda, boshqa tarmoqda naqd pul yechib olishda va kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalarda JShShIR talab etilmaydi. Bank mijozlaridan birining aytishicha, JShShIRni yuborish haqidagi xabar faqat 27-fevral kuni kelgan. Bank saytiga joylangan xabarda chet elliklar JShShIRni O‘zbekistonda pasport stolida yoki Davlat xizmatlari markazida olishi mumkinligi aytilgan. Buning uchun pasport, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.