О‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi
О‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarimizga murojaat qilib, o‘qqa tutilgan paytda boshpanalarini tark etmaslikni so‘radi.
Mamlakat shimolida vaziyat yomonlashgan, shu sababli yurtdoshlarimizga raketa hujumlari paytida boshpanalarni tark etmaslik, shuningdek, shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya qilindi. Shuningdek, zarurat bo‘lmasa, jamoat joylariga bormaslik so‘ralgan.
Bundan tashqari, О‘zbekiston fuqarolariga Isroil hukumati va О‘zbekiston elchixonasining rasmiy xabarlarini kuzatish, shuningdek, mobil ilova yoki veb-sayt orqali Isroil Ichki front qo‘mondonligining (Home Front Command) bildirishnomalari va ogohlantirishlariga obuna bo‘lish tavsiya etildi.
Shshoshilinch yordam yoki maslahat zarurati tug‘ilganida, О‘zbekiston elchixonasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish mumkin:
- elchixonaning konsullik bo‘limi – 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5076, 03-758-5075;
- favqulodda vaziyatlar uchun – +972-54-485-1397.
Sharhlar