O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi tahlil qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan 2023-yilgi savdosini tahlil qildi.
2023-yilda SHHT mamlakatlari O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 50,1%ini ($31,36 mlrd) tashkil etdi.
Eksportning umumiy hajmi — 6,6% ($8,94 mlrd) va importning umumiy hajmi — 58,8% ($22,43 mlrd).
2023-yilda 2022-yilga nisbatan O‘zbekistonning SHHT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 18,5%ga o‘sib, 31 362,0 mln dollarni tashkil etdi, eksport 1,3%ga kamayib, 8 936,3 mln dollarni tashkil etdi, import 28,9%ga o‘sib, 22 425,6 mln dollarni tashkil etdi.
SHHT mamlakatlari bozorlari O‘zbekistonning tayyor eksport mahsulotlarining asosiy iste’molchilari hisoblanadi.
Ulashish:
Sharhlar