O‘zbekistonning uchta viloyatida quruvchi tashkilotlar fuqarolar tomonidan to‘langan pullarni qaytardi

Узбекистан застройщики
Фото: Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей

Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida qurilish tashkilotlari tomonidan qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qiladi.

Navoiy viloyatida Zarafshon shahrida yashovchi N.U. “MEGA STORY GROUP ZARAFSHAN” kompaniyasi bilan 463,6 million so‘mlik kvartira sotib olish bo‘yicha shartnomani bekor qilib, qo‘yilgan 88 million so‘mning 80 million so‘mini qaytarib oldi.

Qashqadaryo viloyatida yashovchi A.R. “FAYZI HAMKOR QURILISH SERVIS” MChJ bilan yangi uy-joy sotib olish shartnomasini kamchiliklari tufayli bekor qilib, to‘langan 16,5 million so‘mni qaytarib oldi.

Samarqand viloyatida “AGROMIR BUILDINGS” ko‘p qavatli uylarni sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni bekor qilib, iste’molchilarga 387 million so‘mga yaqin mablag‘ni qaytardi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.