O’zboshimchalik bilan egallangan maydonlarga qurilgan ko’chmas mulklar xatlovdan o‘tkaziladi
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.
Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o’tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e’lon qilinadi.
2024-yil 8-noyabr kunidan xatlov ishlari boshlanadi.
Qonunga muvofiq o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko’chmas mulk obyektlarini aniqlash maqsadida 2024-2025-yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi.
Kadastr agentligi matbuot kotibi ma’lumotiga ko’ra, tasdiqlangan reja-grafik Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga joylashtirilgan. Saytdan fuqarolar o’zining hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishi mumkin.
Sharhlar