O‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.K., V.Sh. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.K.ga tegishli xonadonni go‘yoki vafot etgan otasi T.K.ga tegishli ekanligi haqidagi soxta hujjatlarni tayyorlab, ushbu xonadonni o‘zlariga meros sifatida rasmiylashtirib olganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar