O’zida 172 ta jadid haqida ma’lumotlarni jamlagan jadidlar.uz platformasi yaratildi

Foto: Yoshlar ovozi

Jadidlar.uz platformasida 245 ta jadid ma’rifatparining ismi sharifi kiritildi, ulardan 172 ta jadidning hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlari berilgan.

Jadidlar.uz platformasi quyidagi qismlardan tashkil topgan:

  • Jadidlar;
  • Manbalar;
  • Izlanishlar;
  • Til va imlo;
  • Turkiston muxtoriyati;
  • Voqealar;
  • Ko‘r-eshit-o‘qi;
  • Biz haqimizda;
  • Foydali havolalar.

Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari tomonidan jadidlar ilmiy merosini o‘rganishda quyidagi tadqiqotlar amalga oshirildi:

Jadid ma’rifatparvarlarning ma’naviy merosi, ular faoliyatiga oid manba va hujjatlar hamda jadidlarning tarix, til, adabiyot, san’at va boshqa yo‘nalishdagi asarlarining izohli bibliografiyasi tuzildi, tasniflandi, tarixshunosligi o‘rganildi.

XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragida Turkistonda yashab ijod etgan jadidlar haqidagi kutubxona, arxiv hamda muzey fondlarida saqlanayotgan barcha turdagi ma’lumotlar, xususan, maqola, risola, audio-video, foto va jadidlarning shaxsiy buyumlari, rasmiy hujjatlari shuningdek, ular faoliyati oid ma’lumotlar aniqlandi va elektronlashtirildi.

Jadidlarning “Oyina”, “Samarqand”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Najot”, “Inqilob”, “Haqiqat”, “Maorif va o‘qituvchi”, “Ishtirokiyun”, “Turkiston”, “Qizil O‘zbekiston”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Farg‘ona” kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan tarixiy, badiiy, adabiy-ilmiy, lingvistik yo‘nalishdagi maqolalari tadqiq etildi. Davriy matbuot sahifalaridagi jadidlar qalamiga mansub arab va lotin imlosidagi ajratib olingan maqolalarni joriy imloga (tabdil) o‘tkazilib, ularning elektron bazasi yaratiladi, shu asosda maqolalar chop etildi.

Tadqiqot davomida tayyorlangan elektron mahsulotlar jadid.uz elektron platformasiga joylashtirildi.

Olingan ilmiy natijalarni O‘zMTRKning “O‘zbekiston tarixi”, “Toshkent” telekanalida “Toshkentnoma”, telekanali uchun ma’rifatparvar jadidlar va ularning ilmiy merosi haqida “O‘zbekning ulug‘lari. “Jadidlar” “Turfa taqdirlar” rukni ostida turkum teledasturlar tayyorlandi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.