“O’ztemiryo’lyo’lovchi” Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabariga e’tiroz bildirdi
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ rahbariyati tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi o’zining kanalida “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ va “Shahar atrofida yo’lovchi tashish” MChJga nisbatan qonun buzilish holatlari yuzasidan moliyaviy jarima qo’llanildi” nomli xabari ko’rib chiqildi.
Xabarda, “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ Farg’ona filiali (bo’linmasi) tomonidan temir yo’l vokzali (stantsiyalari) bo’ylab 2023-yil davomida 606 380 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yig’im qiymati bo’yicha 660 mln so’mga yaqin ortiqcha haq undirilganligi aniqlanganligi ko’rsatilgan.
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJning 2023-yil uchun hisobot hujjatlariga asosan, Farg’ona filialida shu davr mobaynida shaharlararo va shahar atrofida harakatlangan 220 740 nafar yo’lovchilarga pullik xizmatlar ko’rsatilgan.
“O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transportida yo’lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari”ning 147-bandida “Shaharlararo yo’lovchi tashish poyezdlaridagi chiptaning to’liq qiymati, ushbu poyezdlarni tashkil etish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq amaldagi harajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi, O’zbekiston Respublikasi va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi” deb belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur filial shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar chipta narxi 8 yil mobaynida o‘zgarishsiz qolgan bo‘lib, hozirgi kunda “Qo‘qon — Marg‘ilon — Andijon” yo‘nalishi 12 000 so‘m qilib belgilangan. Lekin har bir yo‘lovchi uchun tashish harajati 30 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni harajatlar yuqoridagi narx bilan umuman qoplanmaydi.
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ Farg’ona filiali tomonidan moliya boshqarmasida chiptaning tarif qiymati tasdiqlatilgan bo’lib, vositachilik yig’imi (3 000 so‘m) tashuvchi tomonidan mustaqil belgilangan.
Mazkur holatda Farg’ona filiali tomonidan yo’lovchilardan asossiz pul undirilganligi to’g’risida e’lon qilingan xabar Qo’mitaning apellyatsiya kengashida yoki sudda ko’rib chiqilishi ma’lum qilinadi.
Sharhlar