26-may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G’arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G’arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G’arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
25-26-may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
Sharhlar