O‘zbekistonda Ramazon hayiti kunlari harorat +30 darajagacha ko‘tariladi
O‘zgidromet xizmati agentligi 8-apreldan 14-aprelga qadar bo‘lgan bir hafta uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Bugun, 8-aprel kuni kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat 22-27 , janubda 30o gacha bo‘ladi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ertaga, 9-aprel kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 15-20o gacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20o gacha pasayadi.
10—11-aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana 22-27o gacha, janubda 30o gacha ko‘tariladi.
12—14-aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12o, kunduz kunlari 18-23o bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.
Tog‘li hududlarda 9 va 12—14-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda: bugun kunduzi havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24-26o bo‘ladi.
9-aprelda ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 16-18o bo‘ladi.
10—11-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24o bo‘ladi.
12-aprelda kunning ikkinchi yarmida va 13—14-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 18-23o bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 7-12o bo‘ladi.
Sharhlar