Yangi hafta boshida o‘zbekistonliklarni kutayotgan ob-havo ma’lum qilindi
“O‘zgidrometsentr” 2-4 sentabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 sentabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13…+18 daraja, kunduzi 2-3 sentabrda +25…+30 daraja, 4 sentabrda +28…+33 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 sentabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13…+18 daraja, kunduzi 2-3 sentabrda +25…+30 daraja, 4 sentabrda +30…+35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 sentabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13…+18 daraja, kunduzi 2-3 sentabrda +28…+33 daraja, 4 sentabrda +30…+35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 sentabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +14…+19 daraja, kunduzi 2-3 sentabrda +30…+35 daraja, 4 sentabrda +32…+37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 sentabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13…+18 daraja, kunduzi 2-3 sentabrda +28…+33 daraja, 4 sentabrda +30…+35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 sentabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 va 4 sentabrda +11…+16 daraja, 3 sentabrda +7…+12 daraja, kunduzi 2 sentabrda +18…+23 daraja, 3-4 sentabrda +23…+28 daraja bo‘ladi.
Sharhlar