Ob-havo tufayli Termiz aeroportida reyslar kechiktirildi
Termiz xalqaro aeroportida ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli samolyotlarni qo‘yib yuborish va qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqdagi qaror mahalliy vaqt bilan soat 05:00 da qabul qilindi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Mavjud vaziyat tufayli Toshkent – Termiz yo‘nalishida parvoz qilayotgan Silk Avia USA751 reysi mahalliy vaqt bilan soat 08:00 ga ko‘chirildi. Yo’lovchilardan yangilanishlarni kuzatib borish va parvozlari haqidagi ma’lumotlarni tekshirish tavsiya etiladi.
Ulashish:
Sharhlar