Odam savdosi jinoyati bo’yicha aholi orasida tushuntirsh ishlari olib borildi
Bugungi kunda odam savdosi, noqonuniy migratsiya, majburiy mehnatda aziyat chekgan shaxslarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
12-sentabr kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Bekobod” temir yo‘l hamda “Farxod” chegara bojxona postlarida Bekobod shahar IIB va “Ma’rifat” MFY vakillari ishtirokida odam savdosi jinoyati haqida o‘tayotgan yo‘lovchilarning xabardorligini oshirish maqsadida keng targ‘ibot ishlar tashkil etildi.
Tadbir “Bekobod” temir yo‘l bekati hamda “Farxod” chegara bojxona post orqali o‘tayotgan yo‘lovchilar hamda “Ma’rifat” MFY aholi o‘rtasida o‘tkazildi.
Tadbir davomida huquqni muhofaza qilish organlari bilan nodavlat tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish hamda Chegara o‘tish punktlarida fuqarolarni yuridik xizmatlardan xabardor etish hamda odam savdosi, noqonuniy migratsiya, majburiy mehnat kabi salbiy oqibatlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi. Shu urinda, bojxona xodimlari o‘tayotgan yo‘lovchilarga ishonch telefonlar to‘g‘risida ham axborot berildi.
Sharhlar