Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon Yoshlar chempionatida 7 nafar sportchi О‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Фото: НОК

19-27 sentyabr kunlari Ispaniyaning Leon shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. Turnirda 67 davlatdan 350 dan ortiq sportchi, jumladan, О‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi.

О‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, chempionatda mamlakat sharafini 7 nafar sportchi himoya qiladi. Jamoa 18-sentyabr kuni Ispaniyaga uchib ketadi.

О‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:

Erkaklar:

-67 kg: Diyorbek Ro‘zmetov

-73 kg: Xusinboy Matrasulov

-81 kg: Xayitboy Abdushukurov

-81 kg: Abdulaziz Alimjonov

-89 kg: Diyorbek Ermatov

Qizlar:

-59 kg: Nigora Abdullaуeva

-81 kg: Nigora Suvonova

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.