O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilayotgani ma’lum qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etgan.
Jami tirik tug‘ilganlarning jinsi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- o‘g‘il bolalar − 142,4 ming nafar;
- qiz bolalar − 132,1 ming nafar.
Bundan tashqari, 2024-yilning yanvar-aprel holatiga ko‘ra, to‘rt va undan ko‘p bolali uy xo‘jaliklar 7,1 % ni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun:
- 2022 yilda – 7,5 % ni;
- 2023 yilda – 8 % ni tashkil etgan.
Ulashish:
Sharhlar