Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
Ma’lum bo’lishicha, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga Surxondaryo viloyatidagi 41-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 2 nafar mahkum og‘ir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi. Bu haqida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati xabar bermoqda.
Shunday so’ng Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi va boshqa komissiya a’zolari ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasida, hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi belgilangan. Tibbiy ko‘rik natijasida mahkumlarga ushbu moddani qo‘llash zarurligi haqida xulosa berilgan va mahkumlar jazodan ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi.
Ulashish:
Sharhlar