Ohangaron va Namanganda elektr energiyasiga noqonuniy ulangan fuqarolar qo’lga tushdi

Foto: departament

Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.J. “Birlik” MFY hududidagi xonadonda qog‘oz hamda plastmassa buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 290,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Namangan tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ibrat” MFY hududidagi noturar qurilish obyektida fuqarolar D.A. va A.A. elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, kompyuter xizmati ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, jami 138,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.