Ohangaronda dorilarni noqonuniy sotayotgan shaxslar qo’lga tushdi

Foto: departament

Ohangaron tuma o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar F.M. va N.J. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Vivafer” nomli 826 quti dori vositasini 9 000 AQSH dollari va 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida jami 829 quti ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.