O‘zbekistonda OIIBning Yillik Boshqaruvchilar Kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi
Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki (OIIB) 2024-yil 25-26-sentabr kunlari Samarqandda “Hammaga barqaror infratuzilma yaratish” mavzusida to‘qqizinchi yillik Boshqaruvchilar Kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu OIIBning Markaziy Osiyoda o‘tkazilayotgan birinchi yillik yig‘ilishi bo‘ladi.
Yillik yig‘ilish OIIBning eng muhim tadbirlaridan biri bo‘lib, Bankning yutuqlari bilan tanishish va uning strategik rivojlanish va tashabbuslari bo‘yicha tavsiyalar olish uchun noyob imkoniyatdir.
Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki (OIIB) – bu ko‘p tomonlama rivojlanish banki bo‘lib, u barqaror, ekologik toza va texnologik infratuzilmani moliyalashtirish orqali Osiyoda va undan tashqarida insonlarning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini oshirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda AIIBda 109 ishtirokchi mavjud. Bank barqaror infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash, transchegaraviy aloqalarni mustahkamlash va xususiy kapitalni safarbar qilishga qaratilgan. Markaziy Osiyoda OIIB mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, energiya va suv resurslari boshqaruvini yaxshilash hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda asosiy rol o‘ynaydi.
Bank tashkil etilganidan buyon O‘zbekistondagi loyihalarga 3,1 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritdi. 2024-yil boshida ushbu hamkorlik Prezident Mirziyoyev tomonidan 2,6 milliard AQSh dollariga teng davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan loyihalar uchun uch yillik kelishuv imzolanishi bilan rivojlandi.
2024-yilgi yillik yig‘ilishda ikki kun davomida infratuzilmani moliyalashtirishdagi innovatsiyalar, iqlim o‘zgarishiga moslashuv va barqaror rivojlanish hamda infratuzilma loyihalarining raqamli transformatsiyasiga bag‘ishlangan 25 dan ortiq panel muhokamalari bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ochilish marosimi, boshqaruvchilar ishtirokidagi davra suhbati, Boshqaruvchilar Kengashining rasmiy sessiyasi, matbuot anjumani va jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikka oid qator tadbirlar o‘tkaziladi.
Asosiy spikerlar qatorida OIIB prezidenti va Direktorlar kengashi raisi Jin Litsyun hamda Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va Islom taraqqiyot banki rahbariyati bo‘ladi. Bundan tashqari, tadbirda BMT Atrof-muhit dasturi, BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi, Citibank, Gavi, Milken instituti, Rokfeller jamg‘armasi va Toza havo jamg‘armasi kabi xalqaro tashkilotlar va xususiy kompaniyalardan ekspertlar ishtirok etadi.
OIIBning yillik yig‘ilishi Bankning ishtirokchilari, hamkor institutlar, biznes yetakchilari, fuqarolik jamiyati vakillari va turli sohalar ekspertlari bilan yaqindan hamkorlik qilish uchun muhim platforma hisoblanadi. Tadbirga ro’yxatdan o’tish ochiq va ushbu havola orqali kirish mumkin.
OIIB haqida
Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki (OIIB) – bu xalqaro rivojlanish banki bo‘lib, uning missiyasi kelajakning barqaror rivojlanishga asoslangan infratuzilmasini moliyalashtirishdir. Bank 2016-yil yanvar oyida Pekinda o‘z faoliyatini boshladik va shu vaqtdan beri dunyo bo‘ylab 109 tasdiqlangan ishtirokchiga ega bo‘ldi. Bankning kapitalizatsiyasi 100 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Bank yirik xalqaro kredit reyting agentliklari tomonidan Triple-A reytingiga ega. Hamkorlar bilan birgalikda OIIB mijozlarning ehtiyojlarini qondirib, yangi kapitalni jalb qilish va ekologik toza, texnologik rivojlangan va mintaqaviy aloqalarni rivojlantiruvchi infratuzilmaga investitsiya qilish bilan shug‘ullanadi.
Sharhlar