Oilaviy ajrimlar o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 11,6 foizga kamaydi

Фото: kun.uz

2024-yil 6 oyida Respublika bo‘yicha 22 467 ta oilaviy ajrim qayd etilib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga kamayishga erishildi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati tomonidan (tizimda joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi:

Qayd etilishicha, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish yo‘nalishida 6 ta normativ-huquqiy hujjat (1 ta qonun, Prezidentning 1 ta farmoni va 2 ta qarori hamda Hukumatning 2 ta qarori) qabul qilingan.

127 274 nafar xotin-qizlar, shundan, 89128 nafari kasb-hunarga, 38146 nafari tadbirkorlikka o‘qitilgan.

138 486 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga, shuningdek, hududiy va tarmoq investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan loyihalar hisobiga yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, 40 520 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan yanvar-iyun oylarida 74 420 nafar xotin-qizlarga 1 trln. 230 mlrd. so‘m kreditlar ajratilgan.

Oliy ta’limning talabalari orasida xotin-qizlarning ulushi 50,1 foizga yetdi. Xotin-qizlarning oliy ta’limni olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishlarida ularga ko‘maklashish maqsadida ehtiyojmand oilalarning 18 481 nafar, kamida besh yil mehnat stajiga ega oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, 4 587 nafar xotin-qizlarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan birgalikda “Ayollar daftari” ga kiritilgan 1 mln. 237 nafari ehtiyojmand xotin-qizlarning 638 594 nafariga yordam ko‘rsatilgan va Profilaktik hisobda turgan 39 089 nafar xotin-qizlardan 12 535 nafariga ijtimoiy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish orqali hisobdan chiqarilgan

Sud jarayonlarida oila va xotin-qizlar bo‘limlari kafilligi asosida 29 nafar xotin-qizlar javobgarlikdan ozod etilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.