OIVga chalingan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan kasblar ro‘yxati yangilandi
“Odam immuniteti tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq endilikda OIVga chalingan kishilar quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullana olmaydi:
- Qon va uning tarkibiy qismlarini tayyorlash yoki qayta ishlash bilan bog‘liq kasblar.
- Qon va uning tarkibiy qismlari, sperma va ko‘krak sutini qabul qilish bilan bog‘liq kasblar.
- Gemotransfuziya (qon quyish) bilan bog‘liq kasblar.
- Inуeksiya, veneseksiya, kateterizatsiya va dializ bilan bog‘liq kasblar.
- Kosmetik va plastik operatsiyalar bilan bog‘liq kasblar.
- Stomatologiya bilan bog‘liq kasblar.
- Tug‘ruq bilan bog‘liq kasblar.
- Abort va boshqa ginekologik operatsiyalar bilan bog‘liq kasblar.
- Sartaroshlik, pirsing, manikyur, pedikyur va tatuaj bilan bog‘liq kasblar.
- Inson qoni va (yoki) uning komponentlarini tayyorlash va qayta ishlash;
- Qon quyish bilan bog‘liq kasblar;
- Barcha turdagi jarrohlik bilan bog‘liq kasblar;
- Tug‘ruq bilan bog‘liq kasblar;
- Quyidagi tibbiy muolajalar bilan bog‘liq kasblar:
- dializ;
- veneseksiya;
- kateterizatsiya.
Ulashish:
Sharhlar