Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan olako‘zan bir fuqaroning uyiga kirib oldi

Фото: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida noodatiy jonivor paydo bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Qiziltepa tumani “Gumbaz” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Qiziltepa tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limiga telefon orqali o‘zi yashab turgan xonadoniga antiqa hayvon kirib qolganlik to‘g‘risida xabar qildi.

Qiziltepa tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishdi va ushbu noyob hayvon Qizil kitobga kiritilgan olako‘zan ekanligini aniqlandi.

“Gumbaz” mahallasi xonadoniga mehmonga kelib qolgan olako‘zan Qiziltepa tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.