Olimpiada g‘oliblariga berilayotgan sirli uzun qutichaga nima yashirilgan?
O‘zbek blogsferasida o‘z nomi va qiziqarli postlari bilan yaxshi tanish, jurnalist, Telegramdagi “Mikrofon ko‘targan ayol” kanali ma’muri Aziza Qurbonova ushbu sirli quticha haqida post qoldirgan.
Unga ko‘ra, “Sizlar ham Olimpiada g‘oliblariga berilayotgan sirli uzun qutichaga qiziqyapsizlarmi?
Har bir Parij 2024 Olimpiya o‘yinlari sovrindorigpha medali bilan birga ikki sovg‘a beriladi. Birinchi sovg‘a — frigiya shapochkasi ko‘rinishidagi qizil talisman bo‘lib, uni do‘konlarda topib bo‘lmaydi. Har bir talismanga sportchining olgan medaliga mos ravishda oltin, kumush yoki bronza rangli medal nashita qilingan, shuningdek, talismanning orqa tomonida fransuz tilida “Bravo” yozuvi bor”, – deb yozadi Qurbonova.
Uzun qutilarda esa plakat bor ekan. Uni Parijlik rassom Ugo Gattoni 4 oy davomida qo‘lda chizgan. Plakatda Parijning mashhur inshootlari, masalan, Eyfel minorasi va Grand Palas bir manzaraga uyg‘unlashtirilgan.
Sharhlar