Olimpiada sovrindorlariga Tahoe avtomobili beriladi

Фото: Qalampir.uz

12 avgust kuni Parij Olimpiadasida ishtirok etgan mamlakatimiz delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinadi. Sovrindorlarga Prezident sovg‘asi – Tahoe avtomobili sovg‘a qilinadi.

Hozirda sportchilarga atalgan avtomobillar O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) binosiga olib borilmoqda. Parijdan uchgan sportchilar Toshkentga mahalliy vaqt bilan 19:00 da yetib kelishi kutilmoqda.

Ularni Prezident topshirig‘iga ko‘ra tantanali kutib olish va unda hukumat vakillarining ham ishtiroki kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston vakillari Olimpiadada 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.