Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari saylandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari saylandi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi qaroriga ko’ra, OʻzLiDePdan saylangan deputatlar Mavluda Xoʻjayeva va Rahimjon Hakimov Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari etib koʻrsatildi va ovoz berish yoʻli orqali saylandi.
Biroz oldin, Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylanganligi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar