28-avgust kuni Oliy Majlis Senatining 56-yalpi majlisi o‘tkaziladi

Фото: senat.uz

Bugun, 27-avgust kuni Tanzila Narbayeva raisligida Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Senatning navbatdagi yalpi majlisini 2024-yil 28-avgust kuni videoselektor shaklida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bo‘lajak yig‘ilishda senatorlar bir qator muhim qonun loyihalarini ko‘rib chiqadi, jumladan:

– “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” yangi faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida

– Yerlar va yer osti boyliklarini muhofaza qilish maqsadida Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik kodekslariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

– Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorlarning vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risida

– Kommunal to‘lovlarni sud orqali undirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida

Shuningdek, kun tartibiga ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish va Senat Kengashi qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar kiritilgan.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.