Oliy Majlis Senatining navbatdagi majlisi 23-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi
Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisini joriy yilning 23-oktabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Taʼkidlanganidek, yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
Telekommunikatsiya, ipakchilik sohalari, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xizmat faoliyatiga oid, Soliq, Bojxona, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, xalqaro tashkilotlarning bir qator hujjatlarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.
Ulashish:
Sharhlar