Oliy ta’limga kirish uchun davlat imtihonlari boshlandi
Bu yil 805 ming 688 nafar abituriyent testlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 25 iyulgacha davom etadi.
Bugun, 14 iyul kuni 8:00da davlat imtihonlariga start berildi. Bu yil 805 ming 688 nafar abituriyent testlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 25 iyulgacha davom etadi.
2024/2025 o‘quv yili professional va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test imtihonlari boshandi. Imtihonlar respublikaning 73ta yopiq turdagi binolarida o‘tkaziladi. Binolar bilan to‘liq bu yerda tanishish mumkin.
Test 14-25 iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.
1-smena: 8:00da;
2-smena:15:00da boshlanadi.
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududda kelish talab etiladi.
Ular testga passport (ID) va abituriyent ruxsatnomasi olib kelishlari talab qilinadi.
Abituriyentga testni yechish uchun 3ta majburiy fanlarga 60 daqiqa, 2ta mutaxassislik faniga 120 daqiqa vaqt beriladi.
Sharhlar