Olmaliqdagi maktabda o‘quvchilar suvdan zaharlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqdagi maktabda o‘quvchilar suvdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha holat Olmaliq shahrida joylashgan Ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida sodir bo‘lgan.
Ayni paytda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Olmaliq shahar bo‘limida faoliyat yurituvchi mas’ullardan iborat ishchi guruh holatni o‘rganmoqda.
O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot beriladi.
Ulashish:
Sharhlar