Bugun Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi

Фото: открытые источники

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish bo‘yicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.