Olmaliq va Yangiyoʻlda qonunbuzilishi holatlari aniqlandi
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatining Abonentlar boshqarmasi mutaxassisi X.A. Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy poliklinikadagi suv hisoblagich uskunasining tamgʻasi buzilganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani va qayta hisoblangan 204 mln. soʻm zararni oʻz hamkasbi orqali bartaraf qilib berish evaziga 1600 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur noqonuniy ishga aloqador boʻlgan AJ Abonentlar boshqarmasining yana bir mutaxassisi A.A. oʻz xizmati uchun ushbu pul mablagʻidan 1300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa holatda esa muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq sodir etgan jinoyati uchun hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan Yangiyoʻl tumanida yashovchi A.S. 2021-yilning iyun oyida onlayn-auksion orqali oʻziga va 6 nafar qarindoshiga dehqonchilik yoʻnalishida foydalanish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan 2,7 gektar yer maydonini I.K. bilan til biriktirib, mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qilishib, oldindan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Sharhlar