Olmaliqda prezident tashrifidan so‘ng yo‘llar cho‘kdi
Olmaliqda prezident tashrifi uchun shoshilinch ta’mirlangan yo‘llar cho‘kdi. “Potrebitel.uz” nashrining yozishicha, prezident ketgan kunning ertasiga yo‘llar buzila boshlagan.
“Hech kimga sir emaski, prezident qayergadir kelguniga qadar, 2 kunu 3 tun hokimliklar besh yil ichida qilishi kerak bo‘lgan hamma ish qilinadi. Natija odatda halokatli bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.
“Potrebitel.uz” sayti xabariga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida ular yaqinda bo‘lib o‘tgan tashrif oldidan u yerdagi dalalar shudgor qilingani, tomchilatib sug‘orish tizimlarining detallari chiroyli tarzda o‘rnatilgani haqida xabar beradi.
“Go‘yoki sug‘orilayotgandek. Aslida, tizim hech qayerga biriktirilmagan. U shunchaki chiroyli turibdi. Innovatsiya ko‘rinishini yaratadi. Bu kimga kerak – pulni sochish emasmi? Mamlakat rahbariyatining ko‘ziga parda tortish. Ammo odamlardan hech nimani yashira olmaysiz “, – deya xulosa qiladi OAV.
Sharhlar