Ikki o‘zbekistonlik Hindistonga 480 mln so‘mlik oltin olib kirishga urindi
Hindiston aeroportida 5 kg oltin olib o‘tishga uringan ikki nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Dehli bojxona xizmati.
Hodisa Dehli aeroportida yuz bergan, Dubaydan uchib kelgan ikki erkakni bojxonachilar ko‘zdan kechirgan. O‘zbekistonliklar 3,16 million rupiyalik (480 million so‘mlik) oltinni kontrabanda yo‘li bilan olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan.
Qonunbuzarlar qo‘lga olingan, surishtiruv olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar