Boysundagi burg‘ulash konida oltingugurt gazi sizib chiqdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma’lumot e’lon qildi.
1-sentabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati, Boysun tumani “Ko‘lqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Vaximaga o‘rin yo‘q, deyiladi xabarda.
Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.
Sharhlar