Boysundagi konda oltingugurt sizib chiqishi to‘liq to‘xtatildi
Sentabr oyi boshida tarkibida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan tabiiy gaz sizib chiqqan “Mustaqillik-25” konidagi 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Shu maqsadda tabiiy gazning sizib chiqishini oldini oluvchi uskunaning qo‘shimcha blogi qurilib, o‘rnatildi.
Quduq germetiklandi va 15-sentyabr kuni soat 16:50 da tabiiy gazning sizib chiqishi holati to‘liq so‘ndirildi.
Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga o‘zbekistonlik, shuningdek, Rossiya hamda AQSHlik ekspertlarning tashrifi uyushtirildi.
Hodisa oqibatlarini bartaraf qilish davomida aholi uchun hech qanday xavf yuzaga kelmagan.
Eslatib o‘tamiz, 1-sentabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati, Boysun tumani “Ko‘lqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan, aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan edi.
Sharhlar