Oltinko‘llik o‘quvchisini urgan direktor ishdan ketdi

Foto: Videodan qirqib olingan

Avvalroq, Andijonda maktab direktori bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videoda tarqalgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holatni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi chuqur o’rganib quyidagicha munosabat bildirgan.

Oltinko‘l tumani 38-umumta’lim maktabi 1954-yilda qurilib, 2006-yilda joriy ta’mirdan chiqarilgan. Bugungi kunda 370 o‘ringa mo’ljallangan ta’lim muassasasida 475 nafar o’quvchilar, 39 nafar malakali ustozlardan ta’lim-tarbiya olib kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan holat joriy yilning 30-oktabr kuni 14:30lar chamasida maktab sinfxonasida sodir bo‘lib, unda maktab sinfxonasida pirotexnika vositalaridan foydalangan bir guruh o’quvchi-yoshlarni tartibga chaqirish jarayonidagi maktab direktori M.Mning xatti-harakatlari tasvirga olingan.

Mazkur holatda maktab direktori M.M o‘quvchilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, hozirda hujjatlar rasmiylashtirilayotganligini ma’lum qilingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.