Oltinko‘l tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” MCHJ rahbari F.J. va boshqalar “Ko‘makay” MFY hududidagi ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 403,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar beryapti.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar