“OLX”dagi yolg’on e`longa ishongan fuqaroning 13.mln. so‘m pullari o’g’irlandi
Namangan viloyatida yashovchi U.Y. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 13.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi K.M. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi, K.M. “OLX” platformasida “Nexia” rusumli avtomashinasini arzon narxda sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi U.Yu. bilan telefon orqali gaplashib, unga ushbu avtomashinani 18 oy muddatga bo‘lib to‘lash yo‘li bilan 8000 AQSH dollarga sotishini, shuningdek, oldindan 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni o‘tkazib berishini, so‘ng avtomashinani unga jo‘natib yuborishini aytib uni aldagan.
K.M. oldindan uning 13.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan va uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar