“OLX”dan Noutbook sotib olmoqchi bo’lgan shaxs 4 millionga “uxladi”
Farg‘ona viloyatida yashovchi 36 yoshli A.Sh. murojaat qilib, o‘z arizasida telegram messenjerida “noma’lum shaxs” tomonidan 4.000.000 so‘m miqdoridagi pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazib olinganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 37 yoshli X.S. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, X.S., A.Sh. bilan telegram messenjerida tanishib, unga “OLX” platformasi orqali “Acer” rusumli kompyuter qurilma sotishini aytib, oldindan plastik kartasiga 4.000.000 pullarni o‘tkazdirib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan X.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar